Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Ilhom” mukofotining universitet bosqichi g‘oliblari 25-aprelda e’lon qilinadi

Xabaringiz bor, shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Ilhom” mukofoti joriy etilgan.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — oliy ta’lim muassasasi miqyosida saralash bosqichi; ;
2-bosqich — tanlovning asosiy bosqichi;

G‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi: 
1-o‘rin – “Spark” avtomobili;
2-o‘rin – 30 million so‘m;
3-o‘rin – 15 million so‘m.

“Ilhom” mukofoti g‘oliblari Adiblar xiyoboni ochilgan kun — 20-mayda, “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida taqdirlanadi.

Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universitetida tanlovning universitet bosqichi davom etmoqda. Nomzodlarning hujjatlari komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari 25-aprelda e’lon qilinadi.