Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 75 foizdan kam bo‘lmasligi hamda ingliz tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 10-noyabrga qadar fakultet dekanatlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– faollik to‘g‘risidagi boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).
Onlayn tadbirlarda taqdim etilgan sertifikatlar, tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lanmagan holda o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Hamkor universitet tomonidan yotoqxona berilmaydi.
Load More Post...