Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU huzuridagi Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markaziga qabul boshlandi

Shu munosabat bilan TDYU rahbariyati, Regensburg universiteti vakillarining universitet talabalari bilan uchrashuvi tashkil etiladi.

Uchrashuvda 1–3-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Toshkent davlat yuridik universiteti va Regensburg universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan uchrashuv 5-aprel 15:00 da TDYU Axborot-resurs markazida boshlanadi.

Batafsil ma’lumot uchun “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muyassarxon Baxriddinova (+99888 109-45-54)ga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: Regensburg universiteti YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan jamoat tadqiqot universiteti hisoblanadi. Regensburg shahrida joylashgan ushbu universitet QS World University Rankingsga ko‘ra, dunyoning 500 ta eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritilgan.