Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Mikolas Romeris universiteti 2–4-bosqich talabalari uchun akademik almashinuv dasturini e’lon qildi

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalar almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan TDYU talabalari quyidagi hujjatlarni 10-mayga qadar dekanatlarga taqdim etishi kerak:

1. Akademik transkipt nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
3. Ingliz tilini bilish sertifikati:
– TOEFL iBT 80 va undan yuqori;
– IELTS 6.0 va undan yuqori;
– TOEIC 750 va undan yuqori;
– Cambridge CAE yoki CPE B2 va undan yuqori;
4. Boshqa sertifikatlar;
5. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Akademik almashinuv bo‘yicha batafsil ma’lumot va kurslar ro‘yxati quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://www.mruni.eu/en/university/internationalization/erasmus-and-exchange-studies-incoming/

Loyiha 1 semestrni (2023-yil 1-sentabrdan 2024-yil 28-yanvarga qadar) hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari) talaba tomonidan qoplanadi.