Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TSUL Vis Moot” jamoasi xalqaro raundlarga tayyorlanmoqda

“TSUL Vis Moot” jamoasi Willem C. Vis International Commercial Arbitration Moot tanlovning Avstriyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bugungi kunga qadar jamoa dunyoning 20 dan ortiq nufuzli jamoalari, xususan, Pensilvaniya davlat universiteti (AQSH), Gruziya universiteti (Gruziya) и Galatasaroy universiteti (Turkiya) jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Bundan tashqari, “TSUL Vis Moot” jamoasi Fordham Vis Pre-Moot va Bodenheimer Pre-Moot tanlovlarida ishtirok etib, Myunster universiteti (Germaniya), Gamburg universiteti (Germaniya), Passau universiteti (Germaniya) va Dublin universiteti (Irlandiya) jamoalari bilan bahslashdi.

Hozirda jamoa Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro treningda va Commercial Law Development Program (CLDP) ko‘magida “Ostona” xalqaro moliya markazi sudi tomonidan tashkil etilgan “Central Asian Vis Pre-Moot” da ishtirok etmoqda.