Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Osaka universiteti Huquq va siyosat maktabi 2–4-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

Akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 20-aprelga qadar dekanatlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
– Akademik transkript nusxasi;
– Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– Yapon yoki ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
Ingliz tili: 
- TOEFL iBT 80 yoki undan yuqori;
- IELTS 6.0 yoki undan yuqori; 
- TOEIC 750 yoki undan yuqori;
- Cambridge CAE yoki CPE B2 yoki undan yuqori;
Yapon tili: 
- JLPT N2.
- Boshqa sertifikatlar.

Loyiha bir (2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 31-martga qadar) yoki 2 semestr (2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 30-sentabrga qadar) xorijiy hamkor universitetda o‘qish imkonini beradi. Talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.