Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Yurist” loyihasining 2022–2023-oʻquv yili bahorgi semestri uchun turniri boshlanmoqda

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar tashabbusi bilan tashkil etilgan hamda talabalarning huquqiy bilimini oshirish va jamoa bo‘lib ishlash koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tanlov har 2 haftada bir marta oʻtkazib kelinmoqda.

Turnirda ishtirok etish uchun 6 nafardan iborat tarkibda jamoani shakllantiring va uni nomlab, loyiha koordinatori Farida Allambergenova (telegram manzili: @aristokrat_farida yoki telefon raqami : +99899 752-81-98) orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Eslatib o‘tamiz: jamoada har bir (1–3) kursdan kamida bir nafardan talaba bo‘lishi kerak, chunki vazifalar uchta kurs modullari doirasida tuziladi.

Agarda sizda jamoa yoʻq boʻlsa jamoani shakllantirishda “Yurist” loyihasining telegramdagi guruhi (@yuristloyihasi) orqali yordam beramiz.