Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Olima ayollar” loyihalar tanlovi eʼlon qilindi

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi (78-tur) eʼlon qilindi.

Loyiha ijrochilariga talablar:

Loyiha ijrochilarining tarkibi faqat xotin-qizlardan iborat boʻlishi, ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek, ilmiy jamoada yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim.

Tanlov talablari:

– loyihani amalga oshirish davomiyligi 1 yildan oshmasligi kerak;
– loyiha amaliya yoki innovatsion bo‘lishi kerak.

Loyihalar 2023-yil 5-mayga qadar qabul qilinadi.

Tanlovga topshiriladigan hujjatlar va tanlovning boshqa shartlari haqida quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin: https://grant.mininnovation.uz/tour/view?id=113

Mazkur tanlovga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markaziga murojaat qilishi kerak.

Ma’lumot uchun telefon +99899-936-80-00 (Behruz Shamsutdinov).
Telegram manzili: @ferasde