Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Adam Miskevich universiteti 2–4-bosqich talabalari uchun akademik almashinuv dasturini e’lon qildi

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalar almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan TDYU talabalari 15-mayga qadar quyidagi hujjatlarni dekanatlarga taqdim etishi lozim:

1) akademik transkipt nusxasi;
2) xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3) Ingliz tilini bilish sertifikati: 
– TOEFL iBT 80 va undan yuqori;
– IELTS 6.0 va undan yuqori;
– TOEIC 750 va undan yuqori;
– Cambridge CAE yoki CPE B2 va undan yuqori;
4) boshqa sertifikatlar;
5) bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Loyiha 1 semestr (2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 20-fevralgacha) hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari) ni qoplaydi.