Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Scopus va Web of Science asoslari va o‘z-o‘zini nashr etish muammolari” mavzusida vebinar tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan vebinarda Qozog‘istonning “Scientific Publications” xalqaro kompaniyasi mutaxassislari ham ishtirok etadi.

Ilmiy-metrik sohasidagi bilimlarni yuksaltirish, universitetining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

1) Scopus ma‘lumotlar bazasi: uning xususiyatlari va asosiy ko‘rsatkichlari;
2) Web of Science ning ishlash tamoyillari. Web of Science Core Collection ilmiy-metrik ma’lumotlar bazasining yadrosi sifatida;
3) Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda nashr etishni rejalashtirishda olimlar duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy muammolar;
4) O‘z-o‘zini nashr qilish masalasi.

Vebinarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

Vebinar 19-aprel 14:30 dan boshlab MyOwnConference platformasi orqali o‘tkaziladi: https://qo.mywebinar.com/hbxv-jqfl-nmch-eljr⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠