Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“O‘zbekistonda inson huquqlari va yoshlar huquqlari: xalqaro standartlar va xorijiy tajriba” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan “Inson huquqlari” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Haftalik davomida “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti hamda “Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda inson huquqlari va yoshlar huquqlari: xalqaro standartlar va xorijiy tajriba” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

Davra suhbati 28-fevral 10:00 da TDYU 1-bino kengashlar xonasida boshlanadi.

Anjumanda ma’ruza va maqolalar bilan ishtirok etishni istaganlar 27-fevralga qadar “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi Shohruh Tillaboyev (@Shohruh_TM telegram manzili)ga murojaat qilishi kerak.

Tadbirda quyidagi ZOOM link orqali ishtirok etish mumkin: https://us04web.zoom.us/j/9620444821?pwd=GSq6vGLjEYIiFqnpD4Fb9ZzZLBBiKD.1⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠