Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universitetida Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmati (moliyaviy razvedka), Xalqaro tarmoq instituti hamda Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi (MUMSFM) bilan hamkorlikda “Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

28-fevral — 1-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan ta’lim ko‘rgazmasi doirasida moliyaviy xavfsizlik va moliyaviy tekshiruv boʻyicha ochiq maʼruzalar, mahorat darslari, Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari vakillari va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkaziladi.