Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Germaniya Advokatlar palatasining xalqaro huquqiy hamkorlik bo‘yicha direktori ishtirokida ochiq ma’ruza tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odi sudlov” fakulteti hamda “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi hamkorligida Germaniya Advokatlar palatasi vakili ishtirokida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

“Yuridik xizmatlar va yuridik kasblar bozorini tartibga solish: Germaniya, Buyuk Britaniya, Polsha va Slovakiya misolida” mavzusida tashkil etilgan ma’ruzani Germaniya Advokatlar palatasining xalqaro huquqiy hamkorlik bo‘yicha direktori Veronika Horrer olib bordi.

Ochiq ma’ruzada germaniyalik mutaxassis tomonidan advokatura sohasiga oid xorijiy tajriba bo‘yicha ma’lumot berildi.

Advokatura sohasiga oid xorijiy tajriba, rivojlangan davlatlarda advokatura faoliyati, advokatlarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati va advokatlar xizmat ko‘rsatadigan yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ma’ruzada talabalar xorijiy mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Ma’ruza yakunida Toshkent davlat yuridik universiteti va Germaniya Advokatlar palatasi o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.