Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition”ning xalqaro bosqichida ishtirok etadi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” xalqaro musobaqasining Markaziy Osiyo raundi bo‘lib o‘tdi.

Jessup Mootning Markaziy Osiyo bosqichida Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti (Qirg‘iziston), B.Yelsin nomidagi Qirg‘iz-Rossiya slavyan universiteti (Qirg‘iziston), “Ala-Too” xalqaro universiteti (Qirg‘iziston), M.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozog‘iston) jamoalari ishtirok etdi.

Jamoalarning ishtiroki malakali mutaxassislardan tuzilgan hakamlar tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti musobaqaning Markaziy Osiyo raundi g‘olibi bo‘lib, Jessup Mootning Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

TDYU jamoasi iqtidorli talabalarimizning kelgusi bahslardagi ishtirokida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.