Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Legal Correspondence” darslari o‘tkaziladi

Darslarni Italiyaning Kamerino universiteti professori Patritsiya Giampieri olib boradi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan yuridik ingliz tili koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Legal Correspondence” (“Yuridik yozishmalar”) darslari tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga “Yuridik yozishmalarni professional tarzda yozish”, “Rasmiy ohang va ro‘yxatdan o‘tish”, “So‘rov xatlari”, “So‘rovlarga javob berish: qabul qilish va rad etish”, “Biznes taklif xatlari”, “Kompaniya va uning faoliyati bilan tanishtirish”, “Shikoyat xatlari”, “Shikoyat: buyurtmalarni bajarish va muddati o‘tgan to‘lovlar” ham “Ilova xatlari va CV yozish” mavzularida foydali ma’lumotlar berildi.

Darslarni tilshunoslik, tarjimashunoslik va huquqiy terminologiya bo‘yicha mutaxassis, Italiyaning Kamerino universiteti professori Patritsiya Giampieri olib boradi.

Mashg‘ulotlar 2023-yil 13-fevraldan 22-fevralga qadar o‘tkaziladi.

Darslarni o‘tkazish vaqti: 
– 13-fevral 18:00
– 15-fevral 18:00
– 17-fevral 18:00
– 21-fevral 18:00
– 22-fevral 18:00

Ularda quyidagi ZOOM link orqali ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/83189699836?pwd=b0RqSWZ2aUdQZ2NmQjR4Q1BrY1FEdz09⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠