Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda badminton bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida badminton bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etilmoqda.

Kubok bahslari yakka, juftlik va aralash (jamoada bir nafar erkak va bir nafar ayol) tarzda o‘tkaziladi. Bunda bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalishda bahslarda qatnashishi mumkin, ya’ni yakka tartibda ishtirok etgan ishtirokchi juftlik yoki aralashda ishtirok eta olmaydi.

“Rektor kubogi” 20-fevral 11:00 da universitet sport majmuasida boshlanadi.