Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

3-TTJda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan blits savol-javob tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan universitetning 3-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida blits savol-javob tanlovi o‘tkaziladi.

Buyuk allomalar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini keng o‘rganish maqsadida tashkil etilayotgan bilimlar bellashuvi 10-fevral 14:00 da boshlanadi.

Mazkur tadbir “Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan “Bir davrning ikki dahosi” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy haftalik doirasida o‘tkazilmoqda.