Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens” moduli bo‘yicha o‘quv kursi 20-fevraldan boshlanadi

Toshkent davlat yuridik universiteti 3-bosqich talabalari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens” moduli bo‘yicha tashkil etilayotgan mashg‘ulotni “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat tashkilotining eksperti Goran Klemenchich va Oksford universiteti professori Kventin Rid olib boradi.

Ingliz tilida, onlayn shaklda o‘tkaziladigan kursda ishtirokchilar korrupsiya tushunchasi va unga qarshi tizimning rivojlanish bosqichlari, davlat va xususiy sektorda ushbu illatning oldini olishda muvofiqlikni nazorat qilishning o‘rni va ahamiyati, rivojlangan davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi bilan tanishish, ushbu yo‘nalishda strategik va analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kurs yakunida tinglovchilarga sertifikat beriladi.

Maxsus o‘quv kursida ishtirok etishni istagan 3-bosqich talabalari 17-fevralga qadar +998972303997 telefon raqami yoki @bobur_otaboev telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.