Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

AQSHda o‘qish, malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyatlari

TDYU AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari ko‘magida tashkil etilayotgan seminar-treningda shu xususida so‘z yuritiladi.

Toshkent davlat yuridik universitetida “Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘qish, malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyatlari hamda Fullbright dasturida ishtirok etish shartlari” mavzusida seminar-trening o‘tkaziladi.

TDYU professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan mashg‘ulot 3-fevral 10:00 da universitetning 3-binosi 221-xonada boshlanadi.

AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi vakillari ko‘magida tashkil etilayogan seminarga USA Education mutaxassislari ekspert sifatida taklif etilgan.