Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Tomas Tirs ishtirokida ochiq ma'ruza tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Xalqaro munosabatlar va xalqaro shartnomalarni o‘z ichiga olgan Estoniya huquqiy tizimini rivojlantirish” mavzusida ochiq ma'ruza tashkil etiladi.

Ma'ruzada Estoniya Respublikasining Qozog‘iston va O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tomas Tirs ishtirok etadi.

Talabalarga Yevropa Ittifoqi, xususan, Estoniyadagi huquqiy tizimlar va islohotlar, Estoniyadagi oliy ta’lim muassasalari va ulardagi o‘qitish tizimlari haqida yaqindan ma’lumot berish maqsadida tashkil etilayotgan ma'ruza 3-fevral 12:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.