Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha F.F.Martens nomidagi XXIV tanlovda ishtirok etuvchi TDYU jamoasiga qabul e’lon qilindi

Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasidagi mintaqaviy delegatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha rus tilida o‘tkaziladigan eng nufuzli tanlov 17 — 21-aprel kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan TDYU “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi tomonidan xalqaro tanlovda ishtirok etuvchi jamoaga qabul e’lon qilindi.

Jamoa aʼzosi boʻlishni istaganlar 22-yanvar 23:59 ga qadar jamoa koordinatori va murabbiyi, TDYU dotsenti Farhod Fazilov (@Magiclawyer telegram manzili)ga murojaat qilishi kerak.

Arizada quyidagi ma’lumotlar aks etishi kerak: 
– talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
– tug‘ilgan kuni;
– fakulteti, kursi;
– telefon raqami.

Jamoa a’zosiga aylanish uchun rus tilini mukammal biladigan 2 — 4-bosqich talabalari hamda magistrantlar ariza yuborishi mumkin. Talabgorlar saralash bosqichlari natijalariga ko‘ra jamoa a’zosiga aylanadi.

Jamoaga qabul uchun saralash ikki bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich — suhbat;
2-bosqich — test sinovi.

Tanlov qoidalari bilan tanishish...⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠