Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Change Makers for SDGs” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminstr universiteti tomonidan BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tanlovda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovi uchun ijodiy materiallar 10-mayga qadar qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin — MacBook Air;
2-o‘rin — iPhone 14;
3-o‘rin — Apple Watch.

Shuningdek, tanlov ishtirokchilariga homiylar tomonidan qo‘shimcha sovg‘alar ham topshiriladi.

Tanlovning taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminstr universitetida o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumot uchun +99871 238-74-42 telefon raqami yoki @nbnone telegram manziliga murojaat qiling.