Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarni topshirish 15-fevralga qadar davom etadi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq, 2023-yil 2-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarni topshirish boshlandi.

Hujjatlar Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz platformasi orqali 15-fevralga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Eslatib o‘tamiz, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.