Yurtimizdagi eng istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov — “President Tech Award 2026” uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
Har bir muvaffaqiyatli startap avval g‘oya sifatida boshlanadi. Uni tayyor mahsulotga aylantirish, bozorga olib chiqish va kengaytirish uchun esa bilim, tajriba, investitsiya va kuchli hamkorlar kerak. Umumiy mukofot jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadigan “President Tech Award 2026” tanlovi aynan shunday imkoniyatlarni bir maydonda jamlamoqda.
Tanlov startapning turli rivojlanish bosqichlarini qamrab oladigan uchta asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi:
• Inkubatsiya dasturi — Idea va MVP bosqichidagi loyihalar uchun;
• Akseleratsiya dasturi — Pre-seed va Seed bosqichiga yetgan startaplar uchun;
• Best Startup Project dasturi — Seed va Series A bosqichidagi loyihalar uchun.
“President Tech Award 2026” tanlovida ishtirokchilar uchun yosh bo‘yicha cheklov mavjud emas.
Mazkur tanlovda ishtirok etishni istaganlar awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ariza topshirish muddatlari:
• Inkubatsiya dasturi uchun — 10-avgustgacha;
• Akseleratsiya dasturi uchun — 10-avgustgacha;
• Best Startup Project dasturi uchun — 31-avgustgacha.
“President Tech Award 2026” nafaqat moliyaviy rag‘bat, balki startaplarni keyingi bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan muhim imkoniyatlarni ham taqdim etadi. G‘oliblar grant va investitsiyalar jalb qilish, tajribali mentorlar bilan ishlash hamda o‘z loyihalarini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi.
Tanlov haqida yanada ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi kanallarga a’zo bo‘ling: @PresidentTechAward @startupbaseuz
Load More Post...