AI loyihangiz bor-mi? Uni 1 million dollarlik imkoniyatga aylantiring!
“President AI Award 2026” tanloviga arizalar qabuli boshlandi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega shaxslar 3 nafardan 8 nafargacha a’zodan iborat jamoani shakllantirgan holda ishtirok etishi mumkin.
Mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli ishlanmalarni aniqlashga qaratilgan eng yirik tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Mazkur tanlovda ishtirok etishni istaganlar 15-avgustga qadar awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
– amalda ishlaydigan MVP (Minimum Viable Product);
– loyiha mazmuni va imkoniyatlarini ochib beruvchi 3 daqiqalik video pitch;
– ekspertlar tomonidan dasturiy kodni ko‘rib chiqish uchun GitHub repository havolasi;
– PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov uchun taqdim etiladigan barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi shart.
Ishtirokchilar platforma orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, talab etilgan materiallarni yuklagandan so‘ng tanlovning keyingi bosqichlarida qatnashadi.
Tanlov haqida yanada ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi kanallarga a’zo bo‘ling: @president_ai_award @startupbaseuz
Unutmang! AI kelajagi tayyor yechimlarni kutish bilan emas, yangi yechimlarni yaratish bilan quriladi. Balki navbatdagi katta loyiha aynan sizning jamoangizniki bo‘lar!AI loyihangiz bor-mi? Uni 1 million dollarlik imkoniyatga aylantiring!
“President AI Award 2026” tanloviga arizalar qabuli boshlandi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega shaxslar 3 nafardan 8 nafargacha a’zodan iborat jamoani shakllantirgan holda ishtirok etishi mumkin.
Mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli ishlanmalarni aniqlashga qaratilgan eng yirik tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Mazkur tanlovda ishtirok etishni istaganlar 15-avgustga qadar awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
– amalda ishlaydigan MVP (Minimum Viable Product);
– loyiha mazmuni va imkoniyatlarini ochib beruvchi 3 daqiqalik video pitch;
– ekspertlar tomonidan dasturiy kodni ko‘rib chiqish uchun GitHub repository havolasi;
– PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov uchun taqdim etiladigan barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi shart.
Ishtirokchilar platforma orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, talab etilgan materiallarni yuklagandan so‘ng tanlovning keyingi bosqichlarida qatnashadi.
Tanlov haqida yanada ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi kanallarga a’zo bo‘ling: @president_ai_award @startupbaseuz
Unutmang! AI kelajagi tayyor yechimlarni kutish bilan emas, yangi yechimlarni yaratish bilan quriladi. Balki navbatdagi katta loyiha aynan sizning jamoangizniki bo‘lar!