Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan onlayn olimpiada o‘tkaziladi

Olimpiadaning saralash bosqichi “Jinoyat protsessi” (@TSUL_CPL) telegram kanali orqali quiz-test ko‘rinishida tashkil etiladi va unda ishtirokchilarga 25 ta test hamda ularni yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

Saralash bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar nafar talaba KAHOOT platformasi orqali o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etadi. Unda ishtirokchilarga 20 ta test va ularni yechish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.

Onlayn olimpiada 14-yanvar 17:00 da boshlanadi. Unda ishtirok etishni istaganlar testni yechish uchun familiya, ismi va sharifini to‘liq yozishi kerak. Turli nikneym, taxallus, anonim va hokazo ko‘rinishdagi nomlar qabul qilinmaydi.

Olimpiada g‘olib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin — 500 ming so‘m;
2-o‘rin — 300 ming so‘m;
3-o‘rin — 200 ming so‘m.