Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU magistraturasiga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabul 10-yanvar (shu kuni ham)ga qadar davom etadi

Unda ishtirok etish istaganlar magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Magistraturaga qabul natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

Oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 513-son qaroriga asosan, ayrim toifadagi abituriyentlar TDYU magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda qabul2022.tsul.uz platformasi orqali TDYU qabul komissiyasiga taqdim etishi kerak.