Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TSUL John H.Jackson” bahorgi maktabi tashkil etiladi

“John H. Jackson Moot Court Competition” xalqaro musobaqasida ishtirok etuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi uchun talabalarni tanlab olish, ularni xalqaro bellashuvlarga tayyorlash maqsadida tashkil etilayotgan maktabning ochilish marosimi 4-may 12:30 da TDYU 3-bino 221-xonada o‘tkaziladi.

Mazkur bahorgi maktabda ishtirokchilar Jahon savdo tashkiloti huquqi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish bilan birga nizolarni hal qilish tizimining tuzilishi va funksiyasi bilan tanishadi.

Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar va xodimlar, musobaqaning avvalgi yillardagi ishtirokchilari va mehmon professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Bahorgi maktab yakunida yozma va og‘zaki topshiriqlarda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar ishtirokchi “TSUL John H. Jackson Team — 2024” a’zosiga aylanadi.

“TSUL John H.Jackson” bahorgi maktabida ishtirok etish uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1GYr6QurpnIS0d1NbY40oWKQgeclOb_qdhFjRyFW13AI/edit?pli=1⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠