Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnalining maxsus soniga maqolalar qabuli boshlandi

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilingani munosabati bilan “Yurisprudensiya” huquqiy ilmiy-amaliy jurnalining maxsus soni nashr qilinadi. Shu munosabat bilan jurnalning maxsus soniga maqolalar qabul qilinmoqda.

Jurnalga taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
– maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida elektron shaklda yuborilishi kerak;
– ilmiy maqola soha mutaxassisi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lishi va taqriz bilan birga topshirilishi kerak;
– maqolada muallif(lar)ning ORCID ID, elektron pochta va telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.

Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hay’ati va taqrizchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra nashrga tavsiya etiladi.

Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, mavzusi va yo‘nalishlari mos kelmaydigan maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Ilmiy maqola matnini lawjournal@tsul.uz pochta manzili yoki Tahririy-nashriyot bo‘limining +99894 438-08-99 telegram raqamiga yuborish lozim.

Maqolalar 2023-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Eslatma: tahririyatga kelib tushgan maqolalar soni joriy son uchun yetarli bo‘lganda maqola qabul qilish to‘xtatiladi.

Muallif maqolada keltirilgan dalil va ma’lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Batafsil ma’lumotlarni Tahririy-nashriyot bo‘limining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalidan olishingiz mumkin: https://t.me/tdyutnb

Kordinator: Orifjon Choriyev, TDYU Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lumot uchun telefon: +998 71 233-66-36 (1169).
E-mail: lawjournal@tsul.uz