Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Qo‘shma ta’lim dasturiga suhbatlar reja-jadvali e’lon qilindi

M.S.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga suhbatlar reja-jadvalini tasdiqladi.

Suhbatlar 7–8-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida suhbatdan o‘tish uchun joylar Adliya vazirligi yuridik texnikumlari binolarida tashkillashtirildi.

Suhbat vaqti va joyi har bir abituriyent uchun reja-jadvalda belgilangan.

Reja-jadval bilan tanishish…

Abituriyent aynan o‘zi uchun belgilangan vaqtda o‘zining hududidagi suhbat o‘tkazish joyiga yetib kelishi shart. Boshqa hududda bo‘lgan abituriyentlar shu hududdagi yuridik texnikum binosida o‘ziga belgilangan vaqtda suhbatda ishtirok etishi mumkin.

Abituriyent suhbatda ishtirok etish uchun o‘ziga tegishli pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etishi kerak. Pasport yoki ID-kartani taqdim etmagan abituriyent suhbatga qo‘yilmaydi.

Suhbatga o‘z vaqtida kelmagan abituriyentga kelmaslik sababidan qat’i nazar 0 ball qo‘yiladi va u boshqa kunlarda ham suhbatga qo‘yilmaydi.