Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Nagoya universiteti 2–4-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda yapon yoki ingliz tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Bahorgi semestrda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 17-sentabrga qadar fakultet dekanatlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– yapon yoki Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar;

Loyiha 2024-yilning bahorgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.