Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan 13-sentabrdan 19-sentabrgacha “Legal Research Week” tashkil etilmoqda.
Huquqiy tadqiqotlar haftaligi doirasida Gdansk universitetida ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari haqida ochiq dars o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotni Gdansk universiteti prorektori, professor Anna Yurkovska-Zeidler, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Magdalena Savich, Gdansk universitetining huquq va boshqaruv fakulteti bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi, professor Edvardas Yuxnevichus olib boradi.
Ochiq darsda Gdansk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ta’lim olish tartibi, ushbu universitetda o‘tiladigan kurslar, kurslarga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar duch kelishi mumkin bo‘lgan boshqa masalalar haqida maʼlumot beriladi.
Mashg‘ulot 19-sentabr 10:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi. Unda TDYUning barcha talabalari va tadqiqotchilari ishtirok etishi mumkin.
Load More Post...