Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Yuridik klinikasiga aʼzolikka qabul boshlandi

Xabaringiz bor, har yangi o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi a’zoligiga qabul bo‘lib o‘tadi.

Yuridik klinikaga a’zo bo‘lgan talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, hayotiy kazuslar bilan ishlash, fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashish, mustaqil tarzda ariza, shikoyat, da’vo arizalar yozish hamda professional yurist uchun kerak bo‘lgan boshqa muhim ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, ular uchun malakali huquqshunoslar bilan fikr va tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.

TDYU Yuridik klinikasiga a’zo bo‘lishni istagan talabalar quyidagi link orqali so‘rovnomani to‘ldirishi lozim: https://docs.google.com/forms/d/1uT6m3Qp8Tv5cOe7KRCWvfbr8szda206K8LOB8X8sLhE/viewform?edit_requested=true

Qabul 20-sentabrga qadar davom etadi.