Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan MIE universiteti (Yaponiya) 2–4-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda ingliz yoki yapon tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Xorijiy universitetning akademik mobillik dasturi boʻyicha oʻqishni istagan talabalar 19-sentabrgacha fakultet dekanatlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkript nusxasi.
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
3. Ingliz tilini yoki yapon tilini bilish sertifikati.
4. Boshqa sertifikatlar.

Loyiha talabalarga 2024-yilning bahorgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.