Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TOLES markazi tomonidan qisqa muddatli intensiv kurslar tashkil etilmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti TOLES markazi tomonidan huquqshunoslar va huquqshunos talabalarni TOLES imtihonlariga tayyorlash, sohaviy ingliz tilini bilish darajasini aniqlash va bu boradagi koʻnikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli intensiv kurslar tashkil etilmoqda.

Yuridik ingliz tilining eng muhim jihatlarini qamrab olgan kursda va testda ishtirok etish uchun 15-sentabrga qadar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/KjCoMoUeeUFVATYT7

Batafsil maʼlumot uchun TDYU Xorijiy tillar kafedrasiga murojaat qiling.

Maʼlumot uchun: Test of Legal English (TOLES) xalqaro huquqshunoslar va huquqshunoslik yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun huquqiy ingliz tilini bilish darajasini aniqlashga moʼljallangan imtihondir.