Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Professional mediatorlarni tayyorlash kursi tashkil etiladi

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida professional mediatorlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi maxsus o‘quv kursi tashkil etiladi.

O‘quv mashg‘ulotlari 25-sentabrdan 9-oktabrga qadar gibrid (onlayn va oflayn) shaklda tashkil etiladi.

Kursda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilib, shartnoma summasi 950 000 so‘mni tashkil etadi.

Kurs yakunlariga ko‘ra davlat namunasidagi sertifikatni olgan bitiruvchilarga professional mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Kursda taʼlim olish istagini bildirgan talabgorlar 25-sentabrga qadar tdyu.markaz@mail.ru elektron pochtasi yoki +998 71 233 22 14, +998 90 316 07 11 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.