Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishdagi muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi

Filologiya fanlari doktori Shuhrat Ko‘chimov ilmiy maktabi doirasida tashkil etilayotgan anjuman 20-sentabr 14:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.

Davra suhbatida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan ziyolilar, olimlar, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Davra suhbatining taklif etilgan mehmoni — filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov.

Anjumanda mavzuga qiziquvchi barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun +998 90 920-47-45 telefon raqamiga murojaat qiling.