Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun yuridik texnikumlar bitiruvchilarining suhbati kuni aniq bo‘ldi

Xabaringiz bor, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba yo‘llanmaga ega yuridik texnikum bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega yuridik texnikum bitiruvchilarining yakka tartibda suhbatlari universitetning 1-binosida 13-14 avgust kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Yuqori darajada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida suhbat jarayonlari qayd etishda videoyozuvlardan foydalaniladi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn rejimda translyatsiya qilinadi.

Yo‘llanmaga ega yuridik texnikumlar bitiruvchilari va ularning ota-onalariga eslatma!

Abituriyentlar yakka tartibda suhbat kuni Toshkent davlat yuridik universitetiga 8-30 dan kechikmasdan yetib kelishi shart va nazorat xizmati posti orqali pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan binoga kiritiladi.

Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek boshqa abituriyentga yordam berishi qatʼiyan taqiqlanadi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari bir joyda to‘planishining oldini olish maqsadida ota-onalar uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil etilmaydi.

Shuning uchun, yakka tartibda suhbatga abituriyentlarning o‘zlari kelishlari hamda ota-onalar va ularning yaqinlari suhbat jarayonlarini Toshkent davlat yuridik universitetining YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn rejimda kuzatib borishlari tavsiya etiladi.