Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mashg‘ulotda Kobe universiteti professori Yuka Kaneko, Doshisha universiteti professori Shiro Kavashima, Osaka Oliy sudi sobiq sudyasi, professor Yoshifumi Akanishi ishtirok etadi.
“ASEAN va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik va erkin savdo bitimlari (FTA/EPA)”, “Yaponiyada tortishuvli sud jarayoni: qiyosiy yondashuv” hamda “Osiyo mamlakatlarida ipoteka tizimlarining o‘ziga xosliklari va huquqiy muammolari” mavzularida o‘tkaziladigan ma’ruza mashg‘uloti 28-may 14:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.
Mazkur mashg‘ulot universitetimiz talabalariga xalqaro tajriba va yuridik bilimlarni boyitish, shuningdek, Yaponiyaning huquqiy tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi.
Load More Post...