Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Huquq va globallashuv jarayoni: ingliz huquqi hamda Yevropa Ittifoqi huquqiy tizimlarining xalqaro me’yoriy asoslarni shakllantirishdagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti Ingliz huquqi va Yevropa Ittifoqi huquqi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan xalqaro anjuman 27-may 11:00 dan boshlab an’anaviy va onlayn formatda oʻtkaziladi.

Konferensiyada TDYU professor-o‘qituvchilari, xorijiy olimlar, xususan, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlardan taniqli mutaxassislar ishtirok etadi.

Anjumanda ingliz huquqi va Yevropa Ittifoqi huquqining global huquqiy tartibotdagi o‘rni, xalqaro investitsiya va arbitrajda ushbu tizimlarning ta’siri, shuningdek, tijorat huquqi, mualliflik huquqi, ma’lumotlarni himoya qilish va boshqa zamonaviy masalalar muhokama qilinadi.

Xalqaro konferensiyada quyidagi ZOOM-link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/84215274362?pwd=k9rEaynWapMYbb0fsXLqmWzt0XVhZr.1