Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU huzuridagi akademik litseydan yo‘llanma olgan bitiruvchilar uchun yakka tartibdagi suhbat savollari ro‘yxati tasdiqlandi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 374-son qarori 31-bandiga asosan savollar ro‘yxati oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida o‘n besh kun avval e’lon qilinishi belgilangan.

Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan o‘tkaziladi:

— akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi;

— yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi);

— nutq madaniyatining shakllangani, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi;

— umumiy dunyoqarashning shakllangani, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati.

Savollar bilan tanishish…