Toshkent davlat yuridik universitetida “Jinoyat ishlarini yuritishda xalqaro hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
TDYU Jinoiy odil sudlov fakulteti Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi tomonidan tashkil etilayotgan konferensiyada jinoyat protsessida davlatlararo hamkorlikning zamonaviy mexanizmlari, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, jinoyat ishlarini yuritishda xalqaro huquqiy hamkorlikning nazariy va amaliy jihatlari, huquqni qo‘llash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi tahlil qilinadi.
Konferensiyada olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va sudyalar ishtirok etishi mumkin.
Xalqaro anjuman 22-oktabr 10:00 da TDYU 1-bino 208A-xonada boshlanadi.
O‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladigan konferensiyada quyidagi havola orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/81395425838?pwd=wwiafMp7zc5sJsNipVzdzA2HstemGq.1
Batafsil ma’lumot uchun Atobek Davronov (+99890 103-91-85 telefon raqami yoki Atobek2373897@gmail.com elektron pochta manzili)ga murojaat qilishingiz mumkin.
Load More Post...