--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Osaka universiteti 2–3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Ushbu dasturda o‘qishni xohlaganlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda ingliz tilini bilish darajasi IELTS 6.0 (CEFR B2) va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
 
Bahorgi semestrda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 17-oktabrga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etishi lozim:
– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa).
 
Onlayn tadbirlarda taqdim etilgan sertifikatlar, tavsiyanomalar, jamoa tarkibida olingan sertifikatlar qabul qilinmaydi.
 
Loyiha 2026/2027-o‘quv yilining bahorgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

Qabul bo'yicha murojaat boti