Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida mehmonlar dastlab TDYU Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi. Delegatsiya aʼzolariga Axborot-resurs markazi fondi, undagi ilmiy adabiyotlar va talabalarga kutubxonada foydalanish uchun yaratilgan imkoniyatlar, kutubxonaning ish tartibi, xalqaro elektron maʼlumotlar bazalari haqida maʼlumot berildi.

Shundan soʻng mehmonlar universitetning Oʻquv-uslubiy boshqarmasi (Registrator ofisi)da boʻlib, bu yerdagi ish jarayoni, xizmatlar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari uchun universitet boʻylab sayohat tashkil etildi.

Yakunda TDYU mutasaddilari va delegatsiya aʼzolari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda TDYUning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxshillo Xodjayev, xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Bobur Uzakov, USAIDning demokratiya va davlat boshqaruvi yo‘nalishidagi loyihalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassisi Mamed Askerov, demokratiya va boshqaruv ofisi direktori Fay Xaselkorn, USAID ofisining ijrochi direktori Jamshed Luberi ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYUning QAA standartlari boʻyicha xalqaro institutsional akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida koʻmaklashish, bu jarayonda ekspertlarni jalb qilishda moliyaviy yordam koʻrsatish, seminar-treninglar va konferensiyalar tashkil etish, bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha ikki tomonlama diplom dasturlarini amalga oshirish uchun AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, xususan, TDYU delegatsiyalarining rasmiy sayohatlarini tashkil etish, TDYU professorlari va xodimlarini ushbu universitetlarga stajirovkaga yuborish, shuningdek, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun moʻljallangan stajirovkalar doirasida xalqaro ilmiy konferensiyalar, seminar-treninglar, davra suhbatlari, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish jarayonida moliyaviy yordam koʻrsatish, TDYUga kunduzgi va masofaviy formatlarda dars berish uchun AQSHning yetakchi professorlari va mutaxassislarini jalb qilish masalalari muhokama qilinib, kelishuvga erishildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar