Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TSUL Court” — namunaviy sud protsessi tanlovining saralash bosqichi yakunlandi

Unda 57 ta jamoa ishtirok etdi.

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda “TSUL Court” — namunaviy sud protsessi tanlovi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorlikda huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovning joriy yilgi saralash bosqichi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizdagi huquqshunoslik fakulteti va ta'lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining 57 ta (6–8 nafar a’zodan iborat) jamoasi ishtirok etdi. Hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining jamoalari uchun videokonferensiya orqali qatnashish imkoniyati yaratildi.

Jamoalarning muammoli vaziyat yuzasidan tayyorlagan na’munaviy sud jarayonlari malakali sudyalar tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 28 ta jamoa tanlovning yarim finaliga yo‘l oldi. Yarim final bosqichi 15-aprelda fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug'bek tumanlararo sudida bo‘lib o‘tadi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar