Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida taʼlim va karyera” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmati (moliyaviy razvedka), Xalqaro tarmoq instituti hamda Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi (MUMSFM) bilan hamkorlikda “Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida taʼlim va karyera” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti, Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi (MUMSFM) vakillari, TDYU, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish, milliy tizim haqida darslik tayyorlash, maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha mavzulashtirilgan darslarni tashkil etish va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha III xalqaro Olimpiada tadbirlari o‘tkazish, Xalqaro tarmoq instituti oli ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga “Grafus” o‘quv tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.


So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar