Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi

Masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladigan kurslarda o‘qish uchun barcha oliy ma’lumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.

Kurslarda ta’lim olishni istaganlar quyidagi hujjatlarni 30-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali elektron tarzda topshirishi kerak:

– fuqarolik pasporti;
– oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
– 3,5x4,5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.

Qayta tayyorlash kurslariga qabul kvotasi 100 nafar (80 nafar — o‘zbek, 20 nafar — rus)ni tashkil etadi.

To‘lov-kontrakt miqdori — 14 100 000 (o‘n to‘rt million yuz ming) so‘m.

Ma’lumot uchun: qayta tayyorlash kurslarida o‘qib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling:

+99871 236-28-55 (1018);
+99871 233-66-36 (1018);
+99898 125-73-92;
+99899 937-04-33.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar