Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Oliy iqtisodiyot maktabi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Rossiya Federatsiyasining Oliy iqtisodiyot maktabi delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori Dilshod Umarov, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti dekani Dildora Umarxonova, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bosh mutaxassisi Bobur Uzoqov, O‘quv-uslubiy boshqa boshlig‘I Sardor Bozorov, Oliy iqtisodiyot maktabi Perm filiali direktori Galina Volodina, Sankt-Peterburg filiali Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Mariya Kisilyova hamda ilmiy-tadqiqot universitetining Moskva, Sankt-Peterburg, Perm, Nijniy Novgoroddagi filiallari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida nafaqat akademik, balki madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va akademik almashinuv hamda tadqiqot dasturlari, shuningdek, xodimlar almashinuvini amalga oshirish, TDYU bitiruvchilarining Oliy iqtisodiyot maktabi ilmiy-tadqiqot universiteti magistraturasida tahsil olishini ta’minlash, Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy-tadqiqot universiteti bitiruvchilari uchun qishki va yozgi maktab hamda maxsus kurslarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida TDYU va Oliy iqtisodiyot maktabi o‘rtasida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va yaqin kunlarda barcha tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar