Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Talaba qizlar forumi” o‘tkaziladi

“11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan forum doirasida namunali ko‘rgazmalar, mushoiralar, tanlov va mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum doirasida o‘tkazilayotgan tanlovlarda qizlar o‘zlarining rassomchilik, raqs, sozandalik va xonandalik bo‘yicha iste’dodini sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari davlat va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar tomonidan o‘tkaziladigan mahorat darslarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Forum doirasidagi loyihalarda ishtirok etishni istaganlar @TSUL_GDC telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar