Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari xodimlari uchun qisqa muddatli stajirovka boshlandi

Yuridik texnikumlar xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va tajriba almashish uchun keng maydon yaratish maqsadida tashkil etilgan stajirovkaning ilk kunida ishtirokchilarga TDYU O‘quv-uslubiy boshqarmasi (Registrator ofisi) mutasaddilari tomonidan yuridik texnikumlarda ta’limning kredit-modul tizimi, oʻquv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, stajirovka ishtirokchilari yuridik texnikumlarda mavjud soha mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilishdi.

Qisqa muddatli stajirovka 13-iyunga qadar davom etadi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar